O'zpahtasanoat o'zbek Bayrok va Gerb
O'zbek
BOSH

Çäàíèå Àññîöèàöèè Óçïàõòàñàíîàò
   Bizning manzil:
O’zbekiston, Toshkent sh.
SHota Rustaveli ko’chasi, 8-a uy , tel. 120-42-50
======================
Haritadagi joylashuvi Êàðòà ðàñïîëîæåíèÿ Àññîöèàöèè Óçïàõòàñàíîàò
====================== Murojaat etishingiz mumkin
======================
  Mo’lzhal:
«Oybek» metro bekati,
«Grand Otel» mehmonhonasining yon tomonida (ilgarigi «Rossiya» mehmonhonasi)
3,38,58,67 avtobuslar to’htash bekati. ======================


Foydali o'ynaltirmalar:

http://www.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi Davlat Hokimiyati Portali

http://www.aci.uz
O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentli

http://www.uzinfocom.uz
Uzinfocom
Gullat va komputer technologiyalar tatbiq etilashtirish Markazi


http://www.sifat.uz
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "SIFAT" O'zbekiston paxta tolasini sertifikatklash markazi

Dushanba, 12.10.2009, 08:42:33 

      «O’zpahtasanoat» uyushmasi Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 11 iyundagi «Respublika pahta tozalash sanoatini monopoliyadan chiqarish va boshqaruvini takomillashtirish chora tadbirlari to’grisida»gi PF-2874 sonli Farmoni asosida «O’zpahtasanoatsotish» davlat akciyadorlik uyushmasi negizida tashkil etilgan.
     Uyushma faoliyatining asosiy yo’nalishlari:    Pahta tozalash korhonalariga pahta mahsulotlari ishlab chiqarish va urug’lik chigit tayyorlashda yordam berish
   Soha korhonalarini tehnik qayta jihozlash va ishlab chiqarishni modernizaciyalash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
   Urug’lik chigit fondini tayyorlash tehnikasi va tehnologiyasini ishlab chiqish va joriy qilish
   Pahta hom ashyosi va uning mahsulotlarini klassifikaciyalash sistemasini takomillashtirish.    Pahta navlarini yangilanishi va navlarni joylashtirishda o’rnatilgan tartibga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni ta'minlash.





     O’zbek pahtasini jahon bozoriga chiqarishda qayta ishlovchi tarmoqlarning roli beqiyos. Pahta tolasi «O’zpahtasanoat» uyushmasiga qarashli pahta tozalash korhonalarida ishlab chiqariladigan, eksportga yunaltirilgan mahsulotning muhim turlaridan biri bo’lib, halqaro ekspertlar fikricha, so'nggi yillarda horijiy iste'mokchilar tomonidan o’zbek tolasining pahta bozori talablariga to'liq javob beruvchi sifat hususiyatlarining yahshilanishi sabab unga bo’lgan qiziqish yanada oshdi.

So'nggi yillarda yuqori «Oliy» va «Yahshi» navli pahta tolasining hajmi keskin ortdi. Bunda «O’zpahtasanoat» uyushmasiga qarashli 99-ta pahta tozalash korhonasining hizmati katta bo’lib, ular zimmasiga pahta yetishtiruvchi (fermer) ho'jaliklaridan pahta hom ashyosini vaqtida qabul qilinishini ta'minlash, hom ashyoni saqlash, sifatli qayta ishlash, pahta mahsulotlari ishlab chiqarish, pahta terminallari orqali iste'molchilarga jo'natish, g'o'zaning uruglik fondini tayyorlash kabi vazifalar yuklatilgan. Shu bilan birga, tarmoq korhonalari fermer ho'jaliklariga urug'likni taqsimlash, yetkazib berish, hom ashyoni yig'ib-terish va uni keyingi ishlov uchun pahta tayyorlash punktlariga qabul qilishgacha bo’lgan ko’plab tadbirlarning amalga oshirilishida ko'maklashadi.     

«O’zpahtasanoat» uyushmasi va uning hududiy birlashmalari hodimlari respublika pahta tozalash korhonalariga pahta mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va ekiladigan g'o'za uruglarini tayyorlashda ko'maklashadi, tarmoq korhonalarini tehnika bilan qayta jihozlashni tashkil etib, g'o'za navini yangilash va navni almashtirishning belgilangan tartibiga amal qilinishi ustidan nazoratni ta'minlaydi. Shuningdek, «Sifat» markazi va O’zbekiston Respublikasi tashqi igtisodiy aloqalar, investiciyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda hom ashyo va pahta mahsulotlarini tasniflash tizimlarini takomillashtirish singari loyihalarda faol qatnashadi. Tarmoq ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va boshqa loyiha-konstruktorlik tashkilotlari bilan birgalikda yangi tehnika, pahta hom ashyosini qayta ishlash, g'o'zaning urug'lik fondini tayyorlash tehnologiyalarini ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etishda, tarmoqni me'yoriy-tehnik hujjatlar bilan ta'minlashda ishtirok etadi.     

     O’zbekistonda etishtiriladigan pahta hom ashyosining yillik hajmi 3,6-3,8 mln tonnani tashqil etadi. 2007 yilda "O’zpahtasanoat" uyushmasi korhonalari tomonidan 3,7 mln tonnaga yaqin pahta hom ashyosi tayyorlandi va qayta ishlab chiqarildi.

     Fermer ho'jaliklari va pahta tozalash korhonalarining o'zaro hamkorligi natijasida 1-2 - navli pahta tolasining salmog'i sezilarli darajada oshib, pahta tolasi umumiy hajmining 90 foizidan ko’pini, yuqori toifali tolaning ulushi esa 89,9 foizni tashkil etdi. Pahta tolasi turlarining yahshilanishi tola chiqishining ortishi evaziga kuzatilib, 2007 yilda pahta hom ashyosi bo'yicha 33,1 dan ortiq bo’ldi.     
     davomi keyingi betga.....

Uyqoriga qaytish


     Uyushma tarkibiga ta'sis etuvchilar sifatida 99 ta pahta tozalash korhonalarini o’zida birlashtirgan 13 «Pahtasanoat» hududiy akciyadorlik birlashmalari (HAB) kiradi.

    HAB Qoraqalpoqpahtasanoat
    HAB Andijonpahtasanoat
    HAB Buhoropahtasanoat
    HAB Jizzahpahtasanoat
    HAB Qashqadaryopahtasanoat
    HAB Navoiypahtasanoat
    HAB Namanganpahtasanoat
    HAB Samarqandpahtasanoat
    HAB Surhandaryopahtasanoat
    HAB Sirdaryopahtasanoat
    HAB Toshkentpahtasanoat
    HAB Fargonapahtasanoat
    HAB Horazmpahtasanoat
     «Pahtasanoat» hududiy akciyadorlik birlashmalari davlat akciyalarining  paketi 51% bo’lgan akciyadorlik jamiyatlari bo’lib, ular rahbarligiga pahta tozalash korhonalari akciyalarining davlat paketlari topshirilgan.

     Uyushma tarkibida shuningdek viloyatlar mehanika ustahonalari, bir qator yordamchi korhonalar va tajriba-eksperimental korhonalari bilan «Paxta tozalash IIChB» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi kiradi.



     «O'zpahtasanoat» uyushmasi «Sifat» O'zbek Markazi va O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investiciyalar va savdo vazirligi tarkibiga kiruvchi korhonalar, «Paxta tozalash IIChB» OAJ  «O’zengsanoatloyiha» OAJ kabi ilmiy va loyihalash institutlar va boshqa tashkilotlar bilan birga milliy darajadagi loyihalarning amalga oshirilishida qatnashadi.



     2008 yilning oktyabr oyida respublika sohalararo sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi bo'lib o'tdi va unda "O'zpahtasanoat" uyushmasi ishtirok etdi. Unda uyushma boshkaruvi raisi F.B.Omonov soha korhonalarini qayta tehnik jihozlash, uning samaradorligini O'zbekiston Respublikasi korhonalari bilan hamkorlik sohalararo kooperaciyani chuqurlashtirish hisobiga oshirish to'g'risida ma'ruza bilan so'zga chiqdi.

     Ma'ruza matni quyida keltirilgan.

Qo'rgazma ishtrok etuchilar ñêðèïò ñ÷åò÷èêà ïîñåùåíèé
2"> Sayt 11 yanvar 2012 yangilangan
 
Copyright "O'zpaxtasanoat" Uyushmasi. O'zbekiston Respublikasi